Marketing, shaxsiy brend yoki sotuvda qayerda to'xtab qolgansiz?
Ko'proq mijoz kerakmi?
Sotuv yetarli emasmi?
Kontentingiz natija bermayaptimi?
Yoki shaxsiy brendingizni qanday rivojlantirishni bilmayapsizmi?
5 daqiqalik marketing diagnozidan o'ting
Javoblaringiz asosida aynan qayerda muammo borligini va hozir nimadan boshlashingiz kerakligini aniqlang.
Avval o‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang:
Ismim Mohinur Hasanovna.4+ yildan beri marketing sohasida faoliyat olib boraman.Loyihalardagi natijalarimni raqamlarda ko‘rishingiz mumkin.
Qaysi loyihada nimaga erishdik? Reklama budjeti, daromad va murojaatlardagi o‘sishni alohida ko‘ring.

Miracle IVF
EKO klinika / reklama natijasi
Daromad jamoa va reklama budjetiga taqqoslangan. Boshqa xarajatlar ayrilmagan.

ZBKI.UZ
Abror Muxtor Aliy loyihasi
Har bir zapusk hajmi
Shu hajmdagi ta’lim mahsuloti zapusklari ustida ishlaganmiz.

Dr. Ali Kurbanoff
Shaxsiy brend va marketing
Klinikaga murojaatlar
10 barobar ko‘paydi
Shaxsiy brend va marketing orqali klinikaga kelayotgan murojaatlar sonini oshirdik.

iXmed
Ko‘p tarmoqli klinika
Marketing daromadi
3 barobar oshdi
Marketingni tizimli yo‘lga qo‘yib, marketing orqali kelayotgan daromadni oshirdik.
Birga ishlagan loyihalar

ZBKI.UZ
Abror Muxtor Aliy loyihasi

Medassa
Klinika

Yetti Yulduz
InterContinental’da 1 000 kishilik forum

Ayollar klubi
InterContinental’da 600 kishilik seminar

Numa Family

Davron Buvajonov
Shaxsiy brend

Yodgora xonim
Shaxsiy brend

Shedroe Solntse

MediaClub
Amirxon Umarov loyihasi

Taj Mebel

Penta Trade
Logistika kompaniyasi

Dr. Ali Kurbanoff
Shaxsiy brend

WBC Pro Boxing Uzbekistan / TURKSOY

Tanish Building
Qurilish kompaniyasi

Miracle IVF
EKO klinika

MediaZone Studio

iXmed
Ko‘p tarmoqli klinika
Biz loyihalar bilan qisqa muddatli natija uchun emas, tizimli va barqaror o‘sish uchun uzoq muddat ishlaymiz.
Individual marketing konsultatsiyasi nima?
Hozir tadbirkorlar, ekspertlar va shaxsiy brend qurmoqchi bo‘lganlar uchun marketing diagnostikasi o‘tkazyapman. Yuqoridagi kichik test muammo nimada ekanligini qisman ko‘rsatadi. Muammolarni to‘liq aniqlash va nima qilish kerakligini konsultatsiya davomida aniqlaymiz.Bu tayyor shablon yoki hammaga bir xil tavsiyalar beriladigan konsultatsiya emas. Konsultatsiyadan oldin sizning biznesingiz, ekspertligingiz yoki shaxsiy brendingiz haqidagi ma‘lumotlarni o‘rganaman. Uchrashuv davomida esa hozirgi vaziyatingizni birgalikda tahlil qilib, o‘sishni to‘xtatib turgan asosiy nuqtalarni va keyingi ustuvor qadamlarni aniqlaymiz.
$100 - bir martalik to‘lov.
- Konsultatsiyadan oldingi strategik brif
- Materiallaringizni oldindan ko‘rib chiqish
- 90 daqiqalik individual Zoom sessiya
- Sizning vaziyatingiz bo‘yicha strategik tahlil
- Kuchli va zaif tomonlarni tahlil qilish
- Action Plan
Marketingda taxmin emas, aniqlik kerak.
Konsultatsiyaga yozilishArizadan so‘ng menejer siz bilan bog‘lanib, uchrashuv vaqtini kelishadi.
Konsultatsiyada nimalarni ko‘rib chiqamiz?
Sizning vaziyatingizga qarab:
- Hozirgi marketing va sotuv tizimingiz
- Mijozlarni jalb qilish kanallari
- Taklifingiz (offer) va pozitsiyangiz
- Reklama va kontent natijalari
- Lead dan sotuvgacha bo‘lgan jarayon
- Asosiy marketing raqamlari
- O‘sishga xalaqit berayotgan nuqtalar
Ekspert yoki shaxsiy brend bo‘lsangiz - kontent, pozitsiyalash, monetizatsiya va auditoriyani mijozga aylantirish jarayonini ham ko‘rib chiqamiz.
Konsultatsiyadan nima bilan chiqasiz?
Asosiy muammo haqida aniqlik
Qaysi muammo birinchi navbatda hal qilinishi kerakligini tushunasiz.
Kuchli va zaif tomonlarni tahlil qilish
Hozir nimaga e‘tibor berish va nimani keyinga qoldirish kerakligi aniqlashadi.
Keyingi qadamlar
Vaziyatingizga mos ravishda keyingi harakatlar yo‘nalishini belgilab olamiz.
Tashqi strategik qarash
Biznes ichida uzoq vaqt yurganda ko‘rinmay qoladigan muammolarni marketing nuqtai nazaridan birgalikda ko‘rib chiqamiz.
O'z ishingizni bilasiz.
Endi boshqalar ham bilsin.
Biznes egalari
Marketingga pul va resurs sarflayapti, lekin qayerda o'sish to'xtaganini tushunmoqchi bo'lganlar uchun.
Ekspert va mutaxassislar
Bilim va tajribasini kuchli taklif, mijoz va daromadga aylantirmoqchi bo'lganlar uchun.
Shaxsiy brend qurayotganlar
Pozitsiyasini, kontent yo'nalishini va keyingi o'sish strategiyasini aniqlamoqchi bo'lganlar uchun.
Bu konsultatsiya kim uchun emas?
Tayyor "sehrli formula" yoki bir uchrashuvda barcha marketing muammolari hal bo‘lishini kutayotganlar uchun emas. Maqsad - sizga yana 100 ta yangi g‘oya berish emas.Maqsad - hozir siz uchun eng muhim bo‘lgan nuqtalarni aniqlab, keyingi harakatlarni tartibga solish.
Konsultatsiya qanday o‘tadi?
Bitta noto‘g‘ri marketing qarori konsultatsiya narxidan bir necha barobar qimmatga tushishi mumkin.
Konsultatsiyadan oldin
Uchrashuvdan oldin sizga qisqa strategik brif yuboriladi. Unda biznesingiz, ekspertligingiz yoki shaxsiy brendingiz, hozirgi marketing holati, asosiy raqamlar va sizni qiynayotgan savollar haqida ma‘lumot berasiz. Kerak bo‘lsa, Instagram/YouTube sahifangiz, saytingiz, reklama natijalari yoki boshqa marketing materiallarini ham yuborasiz. Men bu ma‘lumotlarni konsultatsiyadan oldin ko‘rib chiqaman - shuning uchun Zoom‘dagi vaqtimiz vaziyatni noldan tushunishga emas, muammoni tahlil qilish va yechimlarni muhokama qilishga sarflanadi.
90 daqiqalik individual Zoom konsultatsiya
90 daqiqa davomida aynan sizning vaziyatingiz ustida ishlaymiz. Kerakli joylarda ekran ulashib, marketing, reklama, kontent, offer, sotuv jarayoni yoki analitikani birgalikda ko‘rib chiqamiz. Asosiy maqsad - “yana nima qilish mumkin?” degan 20 ta g‘oya bilan emas, “hozir birinchi navbatda mana shu ishlarni qilishim kerak” degan aniqlik bilan chiqishingiz.
Konsultatsiyadan keyin
Konsultatsiya yakunida siz uchun qisqa individual Action Plan shakllantiriladi. Unda aniqlangan asosiy muammolar, ustuvor yo‘nalishlar, birinchi navbatda bajarilishi kerak bo‘lgan qadamlar va keyingi harakatlar ketma-ketligi jamlanadi. Shunda konsultatsiyadan keyin “endi nimadan boshlayman?” degan savol qolmaydi.
1 asosiy muammo → 3 prioritet → 30 kunlik harakat rejasiMarketingda keyingi qadamingiz taxmin bo'lmasin
Qayerga ko'proq pul sarflashdan oldin, qayerga fokus qilish kerakligini aniqlab oling.
90 daqiqa - Individual Zoom konsultatsiya - $100Ko'p so'raladigan savollar
Biznes egalari, ekspert va mutaxassislar hamda shaxsiy brendini rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun.
Konsultatsiya individual tarzda Zoom orqali, 90 daqiqa davomida o'tadi.
Arizangiz tasdiqlangandan so'ng sizga qisqa strategik brif yuboriladi. Javoblaringiz va kerakli materiallarni konsultatsiyadan oldin ko'rib chiqaman.
Muhokama qilingan asosiy muammolar va keyingi qadamlar jamlangan qisqa individual Action Plan olasiz.
Individual konsultatsiya narxi - $100. Ariza qoldirganingizdan so'ng menejer siz bilan bog'lanib, konsultatsiya vaqtini kelishadi.